TNS Optis-15S IP-tarmoqlarda ishlashga mo’ljallangan ko’p funktsiyali server. Mahalliy (lokal) hisoblash tarmoqlarida keng ko’lamdagi vazifalarni bajarishi mumkin.

TNS Optis-15S hisoblash tarmog’ining parametrlarini o’lchash, mahfiy ma’lumotlarni saqlash va uzatish, multimedia kontentni qo’yib tinglash va ma’lumotlarni yo’naltirish uchun ishlatiladi.

Qurilmaning qo’llanilishi ko’lami dasturiy ta’minotni takomillashtirish yo’li bilan kengaytirilishi yoki o’zgartirilishi mumkin.

Texnik xususiyatlari

Protsessor Intel Celeron J3455 2.3GHz
Tezkor xotira 4Gb DDR3
Flash 8Gb SATA DOM
Ulagichlar 2 x USB 2.0
4 x USB 3.0
1 x RJ-45 Gigabit
1 x Serial (DB-9)
1 x VGA (DB-15)
Elektr energiyasi bilan ta’minlash bloki AC 100-240V
Foydalanadigan quvvat 20W
Qo’shimcha ravishda Wi-Fi + Bluetooth
Dasturiy ta’minot Ubuntu Server 20.04