Bank biznesi uchun «TN-Servis» yechimlari moslamalarning o’zgaruvchanligi bilan ajralib turadi va bank oldida turgan vazifalar yechimini topish uchun moslashtirilgan. Ular bank tomonidan kreditlashning barcha yo’nalishlari bo’yicha ish olib borilishini ta’minlaydi, ushbu yo’nalishlarning har biri o’ziga xos xususiyatlari bilan farq qiladi va qarorlarni qabul qilish tizimini tuzishga alohida yondashuvni talab qiladi:
- Iste’molchilar ehtiyojlarini qondirishni kreditlash;
- Avtomobillarni xarid qilishni kreditlash
- Ko’chmas mulkni xarid qilishni kreditlash (ipoteka)
- Bank plastik kartasi orqali kreditlash
- Kichik biznesni kreditlash
Kreditlashning barcha turlari uchun «TN-Servis» yechimlarining umumiy ustunligi bo’lib skoringning asosiy ko’rinishlarini amalga oshirish hisoblanadi:
- Application scoring — kredit olish uchun qarz oluvchilarning kreditni to’lay olish qobiliyatini baholash
- Behavioral scoring (xatti-harakatli skoring) — qarz oluvchining kredit hisob raqami holatining o’zgarishini (dinamikasini), shuningdek uning bank oldidagi majburiyatlarining ijro etilishi o’z vaqtidaligini va to’liqligini baholash
- Collection scoring — bankning kredit portfelini kuzatish (monitoring qilish) hamda kredit hisob raqamining holati «qoniqarsiz» sifatida tasniflangan qarz oluvchilarga nisbatan ustuvor harakatlarni va ular bilan ishlash yo’nalishlarini belgilash
- Fraud scoring — salohiyatli (potentsial) qarz oluvchi tomonidan firibgarlik qilinishi ehtimolini baholash
Kreditlashning har bir aniq yo’nalishi uchun skoringning har xil turlaridan foydalanishning zaruriyatini bank o’zi mustaqil ravishda belgilaydi.
«TN-Servis» yechimlarining hal qiluvchi xususiyati sifatida har bir mijozga alohida yondashuv hisoblanadi, bunda taklif qilinayotgan tizim maksimal darajada aynan muayyan bank uchun kreditlashning ma’lum bir yo’nalishi bo’yicha hammasidan ko’ra eng dolzarb bo’lgan vazifalarga mo’ljallangan. Bunday yondashuv bankga kreditlashning har xil turlari uchun mustaqil ravishda tizimning tarkibiy tuzilmasini va skoringning ko’rinishlarini tanlab olish imkoniyatini yaratadi. Shunday qilib, kreditlashning yo’nalishlariga bog’liq bo’lmagan holda, har bir bank o’z oldida turgan vazifalarning hammasidan ko’ra eng samarali bo’lgan yechimini saralab olish imkoniyatiga ega.