NET-xTVMS tizimi har xil ko’lamdagi (masshtabdagi) IPTV va DVB-C tarmoqlarini monitoring qilishga mo’ljallangan. Ushbu tizim teleko’rsatuvlar (TK) tarmog’ida avariya holatlari to’g’risida xabardor qiladi hamda teleko’rsatuvlar (TK) dasturlari uzatilishining muhim ko’rsatkichlarini belgilaydi. Har qanday ko’rsatkich uchun uning boshlang’ich (chegaraviy) qiymatini belgilash mumkin, agarda undan oshib ketiladigan bo’lsa tegishli ravishda avariya xabari beriladi. Dasturiy ta’minotda (DT) asoslangan ushbu yechim moslashuvchan bo’lib, kelgusidagi apparatli maslaklarga (platformalarga) osongina o’tkazilishi va media-kontentni yetkazib berish bo’yicha yangi texnologiyalarga moslashtirilishi mumkin.
NET-xTVMS tizimi teleko’rsatuvlar (TK) dasturlarining uzatilishi bo’yicha avariya holatlari va hal qiluvchi ko’rsatkichlari to’g’risidagi ma’lumotlarni haqiqiy vaqt masshtabida ham, o’tmishdagi vaqtning aniq davrlari bo’yicha ham taqdim qiladi. Ushbu tizim barcha kanallar bo’yicha avariya holatlari matritsasini, avariyalar to’g’risidagi ma’lumotlar agregatsiya qilingan jug’rofiy xaritani, hamda filtrlar yordami bilan joriy va o’tmishdagi avariyalar to’g’risidagi ma’lumotlarni ko’zdan kechirish uchun qulay bo’lgan avariya xabarlari jurnalini chiqarib beradi. Tizim tomonidan aniqlanadigan ko’rsatkichlar qatorida — videoning va tovushning bitda o’lchanadigan tezligi, TR 101 290 (Priority 1 va 2) hujjati tomonidan nazorat qilinishi tavsiya etilgan ko’rsatkichlar, yo’qotib qo’yilgan va uloqtirib tashlangan paketlarning soni, MOSni baholash. Barcha ko’rsatkichlar uchun boshlang’ich (chegaraviy) qiymatlari belgilanishi mumkin, agarda ushbu chegaralardan chiqib ketiladigan bo’lsa tegishli ravishda avariya xabarlari beriladi.
NET-xTVMS tizimi me’morchiligida (arxitekturasida) tizimning markaziy tarkibiy qismi —NET-ESVR serveridan mustaqil tarzda ishlash imkoniyati mavjud bo’lgan ma’lumotlarni yig’uvchi NET-XXX masofaviy sinov vositalarida (probniklarda) trafikning taqsimlangan ravishda ishlanishi ko’zda tutilgan. Mazkur sinov vositalari quvvatlarining turli-tumanligi operatorlarning talablariga eng yaxshi tarzda javob beradigan monitoring qilish tizimlarining tarkibiy tuzilmalarini amalga oshirish imkoniyatini yaratadi. NET-ESVR serveridan va NET-XXX sinov vositalaridan tashqari, NET-xTVMS tizimining tarkibiga quyidagilar kiradi: NET-NMSC tarmog’ini boshqarish tizimining mijozlari, NET-MOZAIC sinov vositasi (nazorat qilinadigan tasvirlarni chiqaradi va ularning sifatini tahlil qiladi), hamda NET-HDEND kombinatsiyalangan tarkibiy qismi (NET-xTVMS va NET-XXX funktsiyalarini amalga oshiradi). Tizim tarkibida quvvatlari kamroq bo’lgan NET-20 va µNET sinov vositalaridan ham foydalanilishi mumkin. Yangi IPTV xizmatini ishga tushirish uchun NetProbe 2000 IPTV tahlil qiladigan asboblar (IPTV-analizatorlar) qo’llaniladi.
Yirik operatorning IPTV va DVB-C tarmoqlarini monitoring qilish
Yirik operatorning odatda bir necha yuz mingdan bir necha milliongacha abonentlari (obunachilari) mavjud. Bunday keng ko’lamdagi tarmoqda NET-xTVMS tizimidan bosh stantsiyani hamda chegaraviy yo’naltirgichlar (marshrutizatorlar) va chegaraviy QAM-bog’lamalari (DVB-C segmentida) joylashgan 200 tagacha taqsimlovchi bog’lamalarni monitoring qilish uchun foydalaniladi.
Olib beriladigan (translyatsiya qilinadigan) video oqimlarning sonidan kelib chiqib, NET-100, NET-200, NET-300 yoki NET-500 sinov vositalaridan (probniklardan) foydalaniladi. Tasvirning sifati NET-MOZAIC sinov vositasi (probnik) yordami bilan nazorat qilinadi.
O’rta ko’lamdagi operatorning IPTV tarmog’ini monitoring qilish
O’rta ko’lamdagi IPTV operatorining odatda bir necha yuz minggacha abonentlari (obunachilari) mavjud. Bunday ko’lamdagi operatorning tarmog’ida NET-xTVMS tizimidan bosh stantsiyani hamda chegaraviy yo’naltirgichlar (marshrutizatorlar) joylashgan o’nlab taqsimlovchi bog’lamalarni monitoring qilish uchun foydalaniladi. Xarajatlarni kamaytirish maqsadida, tarmoqning NET-ESVR serveri NET-XXX sinov vositasi (probnik) bilan yaxlit holga keltirilgan (integratsiya qilingan) NET-HDEND kombinatsiyalangan tarkibiy qismidan foydalanilishi mumkin. Nazorat qilinadigan oqimlarning soni — 500 tagacha. Tasvirning sifati NET-MOZAIC sinov vositasi yordami bilan nazorat qilinadi. Foydalanuvchilarning sinov vositalari yordami bilan mufassal (hammasini o’z ichiga olgan) monitoring qilinishi imkoniyati mavjud.
Kichik operatorning IPTV tarmog’ini monitoring qilish
Kichik IPTV operatorining odatda bir necha mingdan bir necha o’n minggacha abonentlari (obunachilari) mavjud. Bunday ko’lamdagi tarmoqda NET-xTVMS tizimidan bosh stantsiyani monitoring qilish uchun foydalaniladi. Xarajatlarni kamaytirish maqsadida, tarmoqning NET-ESVR serveri NET-XXX sinov vositasi (probnik) bilan yaxlit holga keltirilgan (integratsiya qilingan) NET-HDEND tarkibiy qismidan foydalanilishi mumkin. Nazorat qilinadigan oqimlarning soni — 500 tagacha. Tasvirning sifati NET-MOZAIC sinov vositasi yordami bilan nazorat qilinadi. Foydalanuvchilarning µNET va NetProbe 2000 kabi sinov vositalari yordami bilan mufassal (hammasini o’z ichiga olgan) monitoring qilinishi imkoniyati mavjud.
NET-xTVMS tizimining tarkibiy qismlari
NET-ESVR | Tizimning markaziy tarkibiy qismi. U avariya xabarlarini yig’adi va saqlaydi, avariya holatlari matritsasini chiqaradi, NMS mijozlariga sinov vositalaridan (probniklardan) erkin foydalanishni ta’minlaydi, mufassal (hammasini o’z ichiga olgan) monitoring qilinganida ko’rsatkichlarning o’zaro munosabatini aniqlaydi, va boshqa vazifalarni amalga oshiradi. |
NET-CLIENT | Tizimdagi foydalanuvchilarning yakka-yagona interfeysi. Sinov vositalarining (probniklarning) tarkibiy tuzilmasini (kanallarni, ko’rsatkichlarning boshlang’ich (chegaraviy) qiymatlarini, noto’g’ri PID larni va boshqalarini) belgilash imkoniyatini beradi. Avariya xabarlari matritsasini yoki xaritasini, ko’rsatkichlar to’g’risidagi batafsil ma’lumotlarni, avariya xabarlari jurnallarini aks ettiradi. |
NET-500 | NET-XXX seriyasining sinov vositalaridan (probniklardan) unumdorligi eng yuqori bo’lgan sinov vositasi. H.264 standarti bo’yicha zichlangan 500 tagacha SD va HD oqimlari (kanallari) bilan ishlashi mumkin. Tarmoqqa ulanish — 10 GE interfeysi yordami bilan. |
NET-300 | NET-XXX seriyasining sinov vositalaridan (probniklardan) unumdorligi bo’yicha ikkinchi sinov vositasi (probnik). H.264 standarti bo’yicha zichlangan 300 tagacha SD va HD oqimlari (kanallari) bilan ishlashi mumkin. Tarmoqqa ulanish — 10 GE interfeysi yordami bilan. |
NET-200 | NET-XXX seriyasining sinov vositalaridan (probniklardan) unumdorligi bo’yicha o’rtacha sinov vositasi (probnik). H.264 standarti bo’yicha zichlangan 200 tagacha SD va HD oqimlari (kanallari) bilan ishlashi mumkin. Tarmoqqa ulanish — 1 GE interfeysi yordami bilan. |
NET-100 | NET-XXX seriyasining sinov vositalaridan (probniklardan) unumdorligi eng kam bo’lgan sinov vositasi (probnik). H.264 standarti bo’yicha zichlangan 100 tagacha SD va HD oqimlari (kanallari) bilan ishlashi mumkin. Tarmoqqa ulanish — 1 GE interfeysi yordami bilan. |
NET-20 | Uhbu sinov vositasidan (probnikdan) 20 tagacha oqimlarni (kanallarni) nazorat qilish va mufassal (hammasini o’z ichiga olgan) testlashni o’tkazish uchun abonent hududida o’rnatiladigan monitoring qilish qurilmasi sifatida foydalanish mumkin. Uncha katta bo’lmagan IPTV tizimlarida undan, xuddi NET-XXX sinov vositasi (probnik) qilganiday, barcha kanallarni nazorat qilish uchun chegaraviy yo’naltirgichlarning (marshrutizatorlarning) yonida foydalanish mumkin. |
NET-HDEND | Xarajatlarni tejash, elektr energiyasidan foydalanishni va egallanadigan joyni kamaytirish uchun tarmoqning mazkur tarkibiy qismida NET-ESVR va NET-XXX sinov vositasining (probnikning) funktsiyalari birlashtirilgan. Odatda, bu tizimdagi yakka-yagona NET-XXX sinov vositasidir. |
NET-MOZAIC | Bosh stantsiyadagi 16 ta shifrlanmagan kanallardan iborat bo’lgan guruhga ulanadi va davriy ravishda qolgan kanallarni skanerlaydi. 16 ta SD/HD oqimlaridan (kanallaridan) har birini tasvirining kodini ochadi va uni qora yoki qotib qolgan ekranlarning, piksellantirilganligi, yuvilib ketilganligi va boshqa nuqsonlar mavjudligiga tekshiradi. Videoni va tovushni chiqargan holda 16 ta kanaldan iborat bo’lgan terma naqshni (mozaikani) aks ettiradi. |
μNET | Abonent hududida o’tiladigan rejimda bitta kanalni monitoring qilish uchun qimmat bo’lmagan sinov vositasi (probnik). NET-ESVR da avtomatik tarzda qayd qilinadi. |
NetProbe 2000 IPTV | Servisni ishga tushirish va unga xizmat ko’rsatish uchun qo’llaniladigan ko’tarib yurishga qulay bo’lgan (portativ) IPTV tahlil qiladigan asbob (analizator). STB qo’shimcha moslamasini emulyatsiya qiladi, barcha kanallarni avtomatik tarzda skanerlaydi, videoning sifatini o’lchaydi. |
NET-ESVR serveri
Bu barcha NET-XXX sinov vositalaridan (probniklardan) har bir 5 soniyada avariya xabarlarini oladigan, ushbu xabarlarni saqlaydigan va avariya holatlari matritsasini yangilaydigan NET-xTVMS tizimining markaziy tarkibiy qismi. Bundan tashqari, u NET-NMSC tarmoqni boshqarish tizimining bir nechta mijozlari bilan aloqani qo’llab-quvvatlab turadi.
Shuningdek NET-ESVR tarmoqning har qanday qismlaridagi sinov vositalaridan (probniklardan) olinadigan avariya xabarlari bilan teleko’rsatuvlar (TK) dasturlari uzatilishi ko’rsatkichlarining bir-biriga bog’langanligining tahlil qilinishini ta’minlaydi. U abonentlarda o’rnatilgan barcha aniqlab topilgan sinov vositalarini avtomatik tarzda qayd qiladi, ulardan olingan avariya xabarlarini hamda teleko’rsatuvlar (TK) dasturlari uzatilishining sifati nazorat qilinishi bo’yicha umumlashtirilgan natijalarini saqlaydi.
Ma’lumotlarning taqsimlangan ravishda ishlanishini amalga oshirish uchun har bir sinov vositasi (probnik) monitoring qilish natijalarini o’zining qattiq diskida yig’adi va saqlaydi. Shuning uchun NET-ESVR serveri ma’lumotlarning katta hajmlarini yig’ishdan ozod qilingan hamda qimmatbaho to’plagichlarga va protsessor asbob-uskunalariga muhtoj emas.
NET-NMSC mijozi
NET-NMSC mijozi — bu Internetdan erkin foydalanish mavjud bo’lgan har qanday joydan NET-ESVR serveriga masofaviy ulanishni ta’minlaydigan Windows-qo’llanmasidir. Ko’pgina foydalanuvchilar NET-xTVMS tizimidan bir vaqtning o’zida foydalanishlari mumkin.
Mazkur mijoz — tizimning eng muhim va yakka-yagona interfeysidir. U haqiqiy vaqt masshtabida serverdan olinadigan quyidagi ma’lumotlarni aks ettiradi:
- Barcha kanallar va joylar bo’yicha avariya holatlari matritsasini
- Avariyalar to’g’risidagi agregatsiya qilingan ma’lumotlarni o’z ichiga olgan jug’rofiy xaritani
- Joriy va o’tmishdagi avariyalar to’g’risidagi ma’lumotlarni ko’zdan kechirish (filtrlar yordami bilan) imkoniyati mavjud bo’lgan avariya xabarlari jurnalini
- Tanlangan NET-XXX sinov vositasidan (probnikdan) olingan uzatish ko’rsatkichlari to’g’risidagi (joriy va o’tmishdagi vaqtning davrlari bo’yicha) batafsil ma’lumotlarni
- Tanlangan DVB-C ko’tarib turuvchi chastotasi uchun QAM ko’rsatkichlarini (faqat kabelli teleko’rsatuvlar (TK) tarmoqlarida)
NET-XXX (NET-500, NET-300, NET-200 va NET-100) sinov vositalari (probniklar)
NET-XXX tahlil qiladigan asbobi (analizatori) NET-xTVMS monitoring qilish bo’yicha yetakchi tizimining ajralmas qismi hisoblanadi. U magistral yoki taqsimlovchi tarmoqda o’rnatilishi uchun mo’ljallangan va NET-ESVR serveri bilan aloqa uzilib qolganligi holatida vaqtning uzoq davri mobaynida mustaqil ravishda ishlashi mumkin. Optsional ravishda DVB-C ning ikkita QAM-ko’tarib turuvchilari monitoring qilinishining imkoniyati mavjud. NET-XXX — barqaror va xavfsiz Linux operatsion tizimining (OT) boshqaruvi ostida buyurtmachi tomonidan tanlanadigan server sinfidagi kompyuterlarda ishlaydigan dasturiy yechimdir.
Asosiy xususiyatlari:
- Doimiy ravishda (24/7) bir vaqtning o’zida haqiqiy vaqt masshtabida MPEG-2 TS formatidagi XXX tagacha SD va / yoki HD kanallarini monitoring qilish. XXX = 500, 300, 200 yoki 100.
- Chegaraviy yo’naltirgichda (marshrutizatorda) yoki QAM bog’lamasida mazkur kanallarning barchasiga faol ravishda ulanish.
- IPTV yoki DVB-C bosh stantsiyasidan kelayotgan MPEG2 transport oqimlarini qo’llab-quvvatlash.
- UDP yoki UDP / RTP inkapsulyatsiyasini qo’llab-quvvatlash.
- QoS IP-transportining parametrlarini mufassal (hammasini o’z ichiga olgan) monitoring qilish.
- 30 tadan ko’proq, shu jumladan TR 101 290 (Priority 1 va 2) hujjatida tavsiya etilgan, uzatish ko’rsatkichlarini, yo’qotib qo’yilgan paketlarning ulushini, PCR-jitterni (tebranishni) va boshqalarini aniqlash va saqlash.
- NET-ESVR serveri va NET-NMSC mijozlari yordami bilan ushbu ko’rsatkichlar hamda avariya xabarlari bo’yicha ma’lumotlarni haqiqiy vaqt masshtabida va o’tmishdagi vaqtning davrlari bo’yicha taqdim qilish.
- Barcha ko’rsatkichlar foydalanuvchilar tomonidan belgilanadigan boshlang’ich (chegaraviy) qiymatlariga ega, agarda ulardan oshib ketiladigan bo’lsa tegishli ravishda avariya xabarlari beriladi.
- Avariya xabarlari matritsasida va xaritada aks ettirish uchun avariya xabarlarini besh soniyali oraliq bilan NET-ESVR serveriga yuborish.
- Elektr energiyasi bilan ta’minlashda to’xtalish sodir bo’lgan holatida xavfsiz ravishda qaytadan ishga tushirish.
- 200 tagacha kanallarni nazorat qilish uchun 1 GE interfeysi orqali hamda 200 tadan 500 tagacha kanallarni nazorat qilish uchun 10 GE interfeysi orqali tarmoqqa ulanish.
NET-XXX sinov vositalarining (probniklarning) tasniflanishi
Hal qiluvchi avariya xabarlarining tarkibiy mazmuni:
- Oqimning mavjudligi.
- Paketlarning yo’qotib qo’yilishi:
- Yo’qotib qo’yilgan paketlarning soni
- Uloqtirib tashlangan paketlarning soni
- O’tish tartibiga rioya qilinmagan holda yetkazib berilgan paketlarning soni
- Takrorlangan paketlarning soni
- Yo’qotib qo’yilgan paketlarning ulushi (foizda)
- TR 101 290 Priority 1 parametrlari (xatolar soni):
- TS Sync Loss
- Sync Byte Error
- PAT Error
- PAT2 Error
- Continuity Error
- PMT Error
- PMT2 Error
- PID Error
- TR 101 290 Priority 2 parametrlari (xatolar soni):
- Transport Error
- CRC Error
- PCR Error
- PCR Repetition Error
- PCR Discontinuity Error
- PCR Accuracy Error
- PTS Error
- CAT Error
- Video oqimni ajrata olish ko’rsatkichining o’zgarishi.
Ko’rsatkichlarni va avariya xabarlarini uzatish oralig’i: 5 soniya.
DVB-C ning optsional interfeysi:
- Ikkita demodulyator (teskari o’zgartiruvchi)
- QAM 256 signal burjini aks ettirish
- Radiosignal darajasini aniqlash (dBmV da)
- BER ni o’lchash
- MER ni aniqlash (0 – 40 dB)
- Ko’tarib turuvchining chastotasini chiqarish (MGts da).
Hisoblab chiqiladigan ko’rsatkichlar:
- Videoning bitda o’lchanadigan tezligi (kbit/s)
- Tovushning bitda o’lchanadigan tezligi (kbit/s)
- (8) TR 101 290 Priority 1 xatolari
- (8) TR 101 290 Priority 2 xatolari
- Yo’qotib qo’yilgan paketlarning ulushi (foizda)
- Uloqtirib tashlangan paketlarning soni
- O’tish tartibiga rioya qilinmagan holda yetkazib berilgan paketlarning soni
- Qabul qilingan paketlarning soni
- Takrorlangan paketlarning soni
- Video PID
- Audio PID
- Jitter (tebranish)
- Video kodek
- Audio kodek
- Inkapsulyatsiya bayonnomasi
- Video oqimni ajrata olish
- Tarmoqni o’tkazish yo’lidan umumiy foydalanish
- MOS ni baholash
- Type of Service
- Time to Live
Kompyuter uskunasiga qo’yilgan talablar:
- Operatsion tizim (OT): Linux
- Tezkor xotira qurilmasining (TXQ) sig’imi: 8 Gbayt
- Qattiq diskning sig’imi: 512 Gbayt
- USB-portlari soni: 4 ta
- RGB grafik interfeyslari soni: 1 ta
- Korpus: server sinfidagi, 19-dyuymli ustunga montaj qilinadigan
- Ishlash harorati diapazoni (chegaralari): 0…+40 °С (90 foizgacha bo’lgan nisbiy namlikda)
NET-MOZAIC sinov vositasi (probnik)
Mazkur sinov vositasidan (probnikdan) alohida qurilma sifatida yoki IPTV xizmatlarini haqiqiy vaqt masshtabida monitoring qiluvchi NET-xTVMS tizimining tarkibiy qismi sifatida foydalanish mumkin. NET-MOZAIC odatda bosh stantsiyada o’rnatiladi va bu yerda u shifrlanmagan teleko’rsatuvlar (TK) kanallariga ulanadi. Ushbu sinov vositasi foydalanuvchilar tomonidan belgilangan 16 ta kanallardan iborat b’olgan guruhning kodini ochadi hamda ularning tasviri sifatini tahlil qiladi. Davriy ravishda yo’nalishini o’zgartiruvchi yuzlab kanallarni tahlil qilish imkoniyati mavjud.
Asosiy xususiyatlari:
- Dastlabki ravishda 16 tagacha SD va / yoki HD kanallari ko’zdan kechirilishini (to’liq harakatlanadigan video) va tasvirning tahlil qilinishini ta’minlash.
- Davriy ravishda yuzlab kanallar nazorat qilinishi.
- Boshqarishni va erkin foydalanishni markazlashtirish maqsadida NET-xTVMS tizimi bilan yaxlit holga keltirilishi (integratsiya qilinishi).
- MPEG-2 va H.264 / AVC larni qo’llab-quvvatlash.
- AC-3, MPEG-1 Level 2, MPEG-2 AAC, MPEG-4 AAC audio kodeklarini qo’llab-quvvatlash.
- UDP yoki UDP / RTP inkapsulyatsiyasini qo’llab-quvvatlash.
- Barcha ko’rsatkichlar uchun boshlang’ich (chegaraviy) qiymatlari belgilanishi mumkin, agarda ulardan oshib ketiladigan bo’lsa tegishli ravishda avariya xabarlari beriladi.
- Ko’rsatkichlar to’g’risidagi ma’lumotlarni uzoq vaqt davomida saqlash.
- Reklamani qo’shib qo’yish maqsadida 16 tagacha kanallardan iborat b’olgan guruhni optsional ravishda HDMI / IP kodlash.
Tasvirlarning tahlil qilinishi video oqimlarda: bloklarga bo’linish, qotib qolgan tasvirlar, qora ekran, harakatning bir me’yorda bo’lmaganligi, ravshanlik va kontrastlik bilan bog’liq muammolar, tasvirdagi shovqinlar, tasvirning yuvilib ketilganligi, bloklarning o’tkazib yuborilishi, tasvirning miltillashi, tovushning bo’linib qolishi va klippingi kabi nuqsonlar mavjudligini nazorat qilish maqsadida amalga oshiriladi.
Bloklarga bo’linish
Barcha artefaktlardan (nuqsonlardan) bloklarga bo’linish video tasvirning eng ko’zga tashlanadigan buzilishi hisoblanadi. U blokli kodlashning barcha usullari uchun xosdir. Ma’lumki, video tasvirni zichlashning barcha usullarida u avval uncha katta bo’lmagan bloklarga bo’linadi, bundan keyin esa mazkur bloklar alohida zichlanadi.
Qotib qolgan tasvirlar
IPTV oqimlarida uzatilayotgan yuqori jo’shqinli (dinamik) ko’rinishlarda (manzaralarda) ko’pincha kuzatiladigan harakatning to’xtab qolishi. Ekranda dastlab uzluksiz bo’lgan ko’rinishning alohida kadrlari ketma-ketligi ko’rinib turadi.
Qora ekran
Tasvir g’oyib bo’lganda ko’rinib turadi. Bu barcha ma’lumotlar paketlarining yo’qolganligi oqibatida yoki video noto’g’ri yozilganligi natijasida ro’y beradi.
Bloklarning o’tkazib yuborilishi
Video signalni tashkil qiladigan ayrim ma’lumotlar paketlari ularni uzatish jarayonining birorta bosqichida yo’qolganligida ro’y beradi. Ushbu yo’qolish natijasida dastlabki (yo’qolgan) bloklar o’rniga kadrga bitta yoki undan ko’proq qora bloklar qo’yiladi.
Tasvirning miltillashi
Bu tasvirning eng g’ashga tegadigan, bashorat qilinadigan video kodlashga xos bo’lgan, vaqtinchalik buzilishlaridan biri hisoblanadi. Ma’lumki, zamonaviy algoritmlar yordamida video tasvir kadrlar ketma-ketligi ko’rinishida kodlanadi. Mazkur ketma-ketlikning birinchi kadri asosiy (I), boshqalari esa (oldingisi (P) va keyingisi (B)) — qo’shimcha kadrlar hisoblanadi. Barcha ketma-ketliklar harakatni to’ldirish (kompensatsiya) algoritmlari yordamida kodlanadi. Tomoshabin kodlari ochilgan videoni qaraganda, asosiy (I) va boshqa (P и B) kadrlarning o’rtasidagi mavjud tafovutlar oqibatida miltillashni sezadi.
Harakatning bir me’yorda bo’lmaganligi
Raqamli videoni o’tkazish yo’li yetarli darajada keng bo’lmagan kanal orqali uzatish ko’pincha video bir tekisda (ravon) ko’rsatilmasligiga olib keladi.
Ravshanlik va kontrastlik bilan bog’liq muammolar
Ekspozitsiya vaqtiga bog’liq bo’lgan tasvirning buzilishlari suratning ravshanligi muvozanatga keltirilmagan (juda qorong’i yoki juda yorug’ kadrlar) ko’rinishida namoyon bo’lishadi. Buning sabablari — ekspozitsiya vaqtining noto’g’riligi yoki videoning yoritish asbobidan foydalanilmagan holda yozilishidir.
Tasvirning yuvilib ketilganligi
Yaqqol (bo’rtma) qismlarning chetlari aniqligining pasayishida ifodalanadi. Sababi — kodlash jarayonida yuqori chastotali ma’lumotlarning yo’qotilishi.
Tovushning bo’linib qolayotgan holda uzatilishi
Tovush signallarining g’oyib bo’lishi bitda o’lchanadigan tezlikning pastligida tovushni oqimlar orqali uzatilishidagi eng ko’p uchraydigan yomonlashishlardan biri hisoblanadi. Foydalanuvchi sukunatni eshitadi, va undan keyin tovushning klippingi paydo bo’ladi. Ushbu tovushni uzatishdagi vaqtinchalik to’xtatilishlarining sabablari — paket tarmog’ida paketlarning yo’qotilishi yoki tovushni yozish jarayonidagi xato bo’lishi mumkin.
Tovushning klippingi
Dastlabki tovush signali yozish jarayonida tashqi shovqinning ta’sir etishi yoki tovushni yozish apparatlarining noto’g’ri ishlashi sababli klippingga (ya’ni amplituda bo’yicha kesilishiga) duchor bo’lishi mumkin. Klippingga duchor bo’lgan signalning maksimal darajadagi amplitudasi odatda doimiy chegaraviy pog’onasi bilan cheklangan. Klipping yoqimsiz shovqinning paydo bo’lishiga olib keladi. Klippingning jadalligi (intensivligi) katta bo’lganda va uning tez-tez qaytalanishi oqibatida tovush sifatining shaxsiy (sub’yektiv) idrok qilinishi sezilarli darajada yomonlashadi.
NET-20 sinov vositasi (probnik)
Ushbu sinov vositasi (probnik) testlash o’tkazilayotgan DSLAM ning abonentlarga oid porti bilan bosh stantsiya yoki chegaraviy yo’naltirgich (marshrutizator) orasida video uzatilishining sifatini nazorat qilish maqsadida faol ravishda 20 ta kanallarga ulanadi (uning yonida joylashgan taqsimlovchi panel orqali). Shuningdek NET-20 sinov vositasi bitta shifrlanmagan kanalda tasvirning sifatini tahlil qilish imkoniyatiga ega.
µNET sinov vositasi (probnik)
µNET qurilmasi abonentlarga oid modem bilan STB (Set Top Box) qo’shimcha moslamasi orasida o’tiladigan rejimda ulanish uchun mo’ljallangan. NET-xTVMS tizimida avtomatik tarzda qayd qilinganidan keyin ushbu sinov vositasidan (probnikdan) abonentlar tomonidan ko’zdan kechirilayotgan kanalda mahalliy (lokal) yoki mufassal (hammasini o’z ichiga olgan) testlashni o’tkazish uchun foydalanish mumkin, bu o’z navbatida abonentlar noroziligining sabablarini aniqlash, alohida ajratib olish (izolyatsiya qilish) va bartaraf qilish imkoniyatlarini yaratadi. Optsional ravishda µNET sinov vositasi STB qo’shimcha moslamasidan elektr energiyasi bilan ta’minlanishi mumkin.
NetProbe 2000 IPTV
NetProbe 2000 IPTV — bu ko’tarib yurishga qulay bo’lgan (portativ) IPTV tahlil qiladigan asbob (analizator), u STB qo’shimcha moslamasini emulyatsiya qilish yoki sust (passiv) ravishda teleko’rsatuvlar (TK) kanallarini o’tiladigan rejimda nazorat qilish imkoniyatiga ega. Mazkur qurilmadan yangi xizmatlarni (servisni) ishga tushirish (bu maqsadda u avtomatik tarzda barcha kanallarni skanerlaydi hamda ularning sifatini nazorat qiladi), shuningdek IPTV xizmatlari (servisi) ishidagi kamchiliklarni aniqlash (diagnostika qilish) uchun foydalanish mumkin. NetProbe 2000 IPTV tahlil qiladigan asbob elektr energiyasi bilan batareyadan ta’minlanadi, undan foydalanish yetarli darajada oson, shuning uchun u birinchi pog’onadagi texnik qo’llab-quvvatlash xizmatining har qanday mutaxassisi tomonidan qo’llanilishi mumkin.